Bugun, 14 noyabr kuni Özbekiston terma jamoasi Al-Ayn şahridagi «Hazza bin Zayd» stadionida BAA terma jamoasi bilan örtoqlik bahsini ötkazadi.

Bu öyinda Röziqul Berdiyev terma jamoa boş murabbiyi vazifasini bajaruvçi sifatida ilk marotaba yigitlarni maydonga olib tuşadi.

BAA termasi Özbekistonga eng köp raqib bölgan jamoadir. Bugungi bellaşuv özaro öyinlar tarixidagi 16-bahs böladi. Bundan taşqari, eng köp duç kelgan raqiblar orasida Janubiy Koreya (15 marta) va Qatar (13 marta) ham bor.

BAA eng noqulay raqiblarimizdan biridir. Özbekiston terma jamoasi aksariyat öyinlarda taşabbusga ega bölsa-da, atigi 3 marta raqib kuragini yerga tekkiza olgan, 4 marta durang öynab, 8 marta yutqazgan. Tabiiyki, töplar nisbati ham raqib foydasiga - 17:23

Qiziği şundaki, biz BAA terma jamoasini faqat safarda mağlub eta olganmiz. Öz maydonimizda 4 marta öynagan bölsak, faqat bir marta durang qayd etganmiz xolos.

Özbekiston va BAA terma jamoalarining özaro öyinlari

1. 1996 BAA - Özbekiston 4:2 (örtoqlik öyini)
2. 1996 BAA - Özbekiston 2:0 (örtoqlik öyini)
3. 1997 Özbekiston - BAA 2:3 (JÇ-1998 saralaşi)
4. 1997 BAA - Özbekiston 0:0 (JÇ-1998 saralaşi)
5. 1999 BAA - Özbekiston 0:1 (OK-2000 saralaşi)
6. 2001 BAA - Özbekiston 4:1 (JÇ-2002 saralaşi)
7. 2001 Özbekiston - BAA 0:1 (JÇ-2002 saralaşi)
8. 2003 BAA - Özbekiston 2:2 (örtoqlik öyini)
9. 2009 BAA - Özbekiston 0:1 (OK-2011 saralaşi)
10. 2010 Özbekiston - BAA 0:1 (OK-2011 saralaşi)
11. 2012 BAA - Özbekiston 1:0 (örtoqlik öyini)
12. 2012 BAA - Özbekiston 2:2 (örtoqlik öyini)
13. 2013 BAA - Özbekiston 2:1 (OK-2015 saralaşi)
14. 2014 Özbekiston - BAA 1:1 (OK-2015 saralaşi)
15. 2014 BAA - Özbekiston 0:4 (örtoqlik öyini)

BAA terma jamoasiga qarşi eng köp marta maydonga tuşgan futbolçilarimiz uç nafar - Server Jyeparov, Timur Kapadze va Nikolay  Şirşov - 7 marta.

BAA terma jamoasiga qarşi öyinlarda raqiblar darvozasini eng köp işğol etgan futbolçilar - Server Jyeparov (3) va Nikolay Şirşov (2).