Jarohatlar Garet Beylning faoliyatiga juda katta tösiq bölmoqda. Ötgan hafta uelslik hujumçi «Real» tarkibiga kelib qöşilgandan söng, 19-jarohatini oldi. Ispaniyalik jurnalistlar erinmay hisoblab ham körişdi – Garetning Madrid klubidagi har bir öyini «Real»ga bir million yevrodan qimmatroqqa tuşmoqda ekan. Maoşi va transfer qiymati birgalikda 168.6 millionni taşkil qiladigan Beyl şu paytgaça «Real» safida 159 öyinda maydonga tuşgan xolos.

Ispaniyaning AS naşrida yozilişiça, bu jarohatlar «Real»ning ham joniga tekkan va futbolçi yanvar oyidayoq transferga qöyilişi mumkin. Yozda 150 million yevrodan kamiga sotilmasligi aytilgan 28 yoşli futbolçi uçun endi 70 million yevro olişga ham rozilar. Bu pullarni Peres navbatdagi supertransferlar uçun işlatişi mumkin. Beylni qaysi jamoalar sotib olişi mumkinligi haqidagi taxminlarni keyinga qoldiraylik-da, e'tiboringizga championat.com sayti versiyasiga köra, Garetning örnini bosişi mumkin bölgan 5 futbolçini havola qilamiz.

Leroy SANe (Mançester Siti)

Narxi: transfermarkt.com ma'lumoti böyiça 45 million yevro

Foto: BBC

«Real» uçun eng arzon variant. Aguero va De Bryuyne fonida Leroy Sane u qadar yorqin porlamayotgan körinişi mumkin, ammo statistika buning aksini körsatmoqda – Sane Premer Liganing 11 öyinida 11 golda (6 gol, 5 assist) bevosita iştirok etdi. Germaniya terma jamoasining bölajak yulduzi, yaxşigina texnika va tezlikka ega bölgan Sane «Real»da Beyldan qolişmasligini kutsa böladi.

Darvoqe, Saneni butun Yevropa aynan Madriddagi öyin orqali taniganini eslasangiz kerak. Yevropa Çempionlar Ligasida «Şalke» safida Madridga taşrif buyurgan Leroy Sane sal qolsa, öşa öyinda «Real»ni çorak finalda qoldirib ketardi.   

 

Paulo DIBALA (Yuventus)

Narxi: transfermarkt.com ma'lumoti böyiça 70 million yevro

Foto: Della Sport

Dibala yoşligidan «Barselona»ga bölgan sevgisini yaşirmaydi. Bu jihat Dibalaning Madridga kelişini yanada qiyinlaştirişi mumkin. Ammo şu bilan birga, «Real»ning kuçini ham namoyiş qiladi – Peres bunaqa «pont»larga qiziqişini bilamiz.