British Airways aviakompaniyasining sobiq styuardessasi Lyusi Sergant işi vaqtida yuz bergan avariyalardan keyin parvozlardan qörquv orttirib olgani va şu tufayli “eng yaxşi işdan ketişiga töğri kelgani” uçun aviakompaniyadan 750 ming funt sterling talab qildi.   

Sergantning ta'kidlaşiça, u işlagan samolyot 2013 yil may oyida Londondan Osloga parvoz vaqtida havoga kötarilgandan keyin, dvigateli kapoti tabaqasi oçilib ketib, undan yoqilği oqa boşlagan va buning oqibatida yonğin çiqqan. Şu sababli samolyot ortga qaytişiga töğri kelgan.

Bu avariya sababli samolyotda vahima kötarilgan va Sergant tajribali styuardessa sifatida yölovçilarga öz qörquvini körsatmaslikka harakat qilgan, vaholanki u bu vaziyatda yölovçilardan kam bölmagan darajada “dahşatga” tuşgan. Samolyot qöngandan keyin yölovçilar va ekipaj a'zolari undan falokat trapi orqali tuşişgan.

Sergant bu voqeadan keyin yana 3 yil styuardessalik qilgan. Biroq 2016 yil örtalarida uning samolyotida yana köngilsizlik yuz bergan: parvoz vaqtida samolyot kabinasi tutunga tölgan, şu sababli ekipaj va yölovçilar kislorod niqoblarini qöllaşga majbur bölganlar. Uşbu voqea sobiq styuardessaga avvalgi avariyani esiga tuşirgan va u noyabrda batamom işidan ketişga qaror qilgan.

Sergant advokatining aytişiça, mijozida yuz bergan köngilsizliklar oqibatida uyqu bilan muammolar, bezovtalik, parvozlardan qörquv boşlangan. U “ajoyib işi“dan mahrum bölgani uçun sobiq iş beruvçisidan tovon puli, bepul yoki çegirma bilan sayohat qiliş imkoniyati berilişini hamda işi unga bergan “boşqa ustunliklar”ni talab qilgan.

Aviakompaniyada avariyalardan keyin Cergant ruhiyati aziyat çekkani tan olingan, biroq  sobiq işçisi talab qilayotgan mablağ böyiça bahslaşiş rejalaştirilayotgani aytilgan.