2017 yil 15 iyunda Toşkent şahrida bölib ötgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlaş, muqaddas dinimizning sofligini asraş – davr talabi» mavzusidagi videoselektorda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bir qator takliflarni bergandi.
«Samarqandda – Imom Buxoriy ilmiy markazida hadisşunoslik, Imom Moturidiy markazi qoşida kalom ilmi, Farğonada – Marğinoniy ilmiy markazida islom huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqşband markazida tasavvuf, Qaşqadaryoda – Abu Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktabini taşkil etsak, öylaymanki, bu juda foydali böladi. Kelgusida çuqur bilimli imom-xatiblar, islomşunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlaşda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, soğlom e'tiqod ruhida tarbiyalaşda bu maktablar tayanç bölib xizmat qiladi», – degandi prezident.
Ayni vaqtda bu takliflarni amalga oşiriş işlari boşlangan. Bu haqda Özbekiston Musulmonlari idorasi vakili «Kun.uz» muxbiriga xabar berdi.
Qaçon taşkil etildi?
Samarqand viloyatidagi «Hadis» va «Kalom» ilmiy maktablari 2017 yil 8 noyabr kuni, Qaşqadaryo viloyatidagi «Aqida» ilmi maktabi 10 noyabr kuni, Mir Arab oliy madrasasi huzurida Bahouddin Naqşband tasavvuf ilmiy maktabi va Özbekiston musulmonlari idorasi Farğona viloyati vakilligi qoşida Islom huquqi maktabi 13 noyabr kuni rasman iş boşladi.
Kimlar ta'lim oladi?
Ilmiy maktablarga diniy ma'lumoti töğrisida hujjatga ega bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari suhbat asosida tinglovçi sifatida qabul qilinadi.
Maktablar uçun tinglovçilarni qabul qilişga viloyat masjidlarida faoliyat körsatayotgan, şuningdek örta maxsus islom bilim yurtlarini tamomlagan va hozirda diniy idora tizimida faoliyat olib bormayotgan nomzodlar içidan salohiyatlilari tanlab olinadi.
Taşkil etilayotgan mazkur maktablar Islom sivilizatsiyasi markazi huzurida taşkil etilayotgan Islom akademiyasi va magistratura mutaxassisliklarida tahsil oliş istagida bölganlarni tayyorlaşda ham muhim örin tutadi.
Kimlar dars beradi?
Ilmiy maktablarda faoliyat olib boriş uçun jalb qilinadigan (taniqli ulamolar, Oliy ma'had, madrasa mudarrislari hamda imom-xatiblardan iborat) öqituvçilar Özbekiston musulmonlari idorasida tuziladigan maxsus hay'at suhbatidan ötkazilgandan söng iş boşlaşadi.
Qaysi uslubda ta'lim beriladi?








