Tesla avtopilotli birinçi elektr yuk maşinasini taqdim etdi. Hodisa translyatsiyasi kompaniya rasmiy saytida amalga oşirildi.
«Oddiy yuk maşinalar ombor dizayniga ega bölgan bir vaqtda, Tesla maşinasi öq kabi loyihalaştirilgan», - deya yangi transportni maqtagan kompaniya asosçisi Ilon Mask.
U texnik xususiyatlar haqida gapirar ekan, yuk maşinasi 804 kilometr masofani bosib ötişi haqida xabar berdi. Avtomobil bunday masofani töla yuklamali holatda va maksimal tezlikda bosib ötadi. Maskning sözlariga köra, aksariyat yuk yönalişlarining uzunligi – 402 kilometr, şuning uçun maşinada ortiqça quvvatlantirmay turib kerakli joyga boriş hamda ortga qaytiş mumkin.
Furada törtta mustaqil dvigatel bor – har bir orqa ğildirakka bittadan. Tesla yuk maşinasi akkumulyatori uçun megazaryadka (megachargers) taqdim etadi. Maşina beş soniyada soatiga 60 kilometr tezlikka çiqişi mumkin.
Maskning iddao etişiça, Tesla’da yukni olib boriş 1,6 kilometr uçun 1,26 dollarga tuşadi. Işlab çiqariş 2019 yilda boşlanadi.












