Ukraina armiyasi Starlink sunʼiy yöldoş aloqa tizimidan foydalaniş şartlarini buzgan va undan dronlar bilan odamlarni öldiriş uçun zarba berişda foydalangan, deb yozdi SpaceX rahbari Ilon Mask X ijtimoiy tarmoğida.
«Tijoriy fuqarolik servisi bölgan Starlink’dan odamlarni öldiriş maqsadida dronlar bilan hujum zarbalarini beriş uçun foydalanişga heç qaçon ruxsat berilmagan va ruxsat berilmasligi kerak. Boşqa tizim - Starshield AQŞ hukumati nazorati ostida. Undan qanday foydalanişni hal qiliş faqat ularning ixtiyorida», - deya qöşimça qildi u.
Mask, şuningdek, Starlink Ukraina mudofaasi uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini, çunki u «işdan çiqariş yoki yöq qiliş imkonsiz bölgan yagona tizim» ekanini ay tdi.
«Agar Starlink öçirilsa, Ukraina fronti şu zahoti qulaydi. Bu tahdid emas, balki şunçaki faktni qayd etiş», - deya taʼkidladi u.
Starlink - SpaceX kompaniyasining keng polosali internetga ulaniş imkonini beruvçi tijoriy sunʼiy yöldoş tarmoği bölib, undan jismoniy şaxslar, kompaniyalar va davlat tuzilmalari foydalanadi.
Starshield - SpaceX kompaniyasining milliy xavfsizlik sohasidagi davlat vazifalari uçun möljallangan alohida yönalişi. U himoyalangan aloqa, Yerni kuzatiş va sunʼiy yöldoşlarga maxsus uskunalarni joylaştirişni öz içiga oladi. Uşbu tizim qöşimça kriptografik himoya vositalari va maxfiy maʼlumotlar bilan işlaş imkoniyatini ham beradi.
Şu bilan birga, Starshield Starlink texnologiyalaridan foydalanadi, uning ayrim aloqa xizmatlari esa xuddi şu sunʼiy yöldoşlar guruhi va yerusti infratuzilmasiga tayanadi. Asosiy farq ularning vazifasi va nazoratida: Starlink - SpaceX boşqaruvidagi tijoriy xizmat, Starshield tizimlari esa AQŞ hukumati nazorati ostida.
Ukraina dronlarini aloqa bilan taʼminlaydigan Starshield faoliyatidagi çeklovlar haqidagi dastlabki xabarlar 14-oktabrga ötar keçasi paydo böldi. Ukraina mudofaa vazirining sobiq maslahatçisi Sergey Sternenko terminallar soatiga 160 kilometrdan yuqori tezlikda harakatlanganida aloqa uzilganini maʼlum qildi. Keyinroq u çeklovlar kuçaytirilganini bildirib, aloqa endi soatiga 60–70 kilometr tezlikda ham uzilayotganini aytdi. Uzilişlar dronlarni boşqariş, oldingi çiziqdagi bölinmalarni taʼminlaş va front ortidagi obyektlarga zarba berişni qiyinlaştirgan.
The Economist naşri maʼlumotlariga köra, Mask Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga bergan zarbalari uçun Kievni jazolaş maqsadida Starlink’ning Ukrainada işlaşini çeklaşga buyruq bergan. Naşr suhbatdoşlaridan biri SpaceX rahbari çeklovlarni joriy etganidan keyingina Oq uy bilan boğlanganini aytgan. Ukrainada Starlink işini çeklaşga Mask şaxsan buyruq bergani haqida avvalroq The Wall Street Journal ham

















