Ikki davlat örtasida tovar aylanmasi oşib borayotganini e'tiborga olgan holda, 17 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Rossiya eksport markazi AJ (REM) örtasida 100 million AQŞ dollari midqorida kredit limitini örnatiş va hamkorlik qiliş töğrisidagi Kelişuv imzolandi. 

Kelişuv REM Guruhi iştirokçisi – EKSAR tomonidan "Roseksimbank"ning "Özmilliybank" iştirokida yuqori texnologiyali tovarlar va Rossiya işlab çiqaruvçisi xizmatlarini taqdim etiş böyiça kredit liniyasi hisobidan moliyalaştiriş bilan boğliq bölgan suğurta qoplamasini ta'minlaşni nazarda tutadi.

"REM guruhi eksport kreditlari va investitsiyalarining tadbirkorlar hamda siyosiy xavflardan suğurtasi böyiça ijobiy tajribaga ega. Rossiyaning yuqori texnologiyali tovarlar va xizmatlarini yetkaziş sohasidagi Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi savdo aylanmasi doimiy ravişda oşib bormoqda. Kelişuvning imzolanişi mamlakatlarimiz örtasidagi eksport aloqalarining bundan keyingi kengayişiga turtki beradi", - deydi REM kompaniyalari guruhi rahbari Pyotr Fradkov. 

Imzolangan kredit kelişuvi "kafolatsiz" hisoblanadi, ya'ni hukumat kafolatini taqdim etişni talab qilmaydi.