Aminov biz bilan suhbatda qarindoşi O.Mingboyev nomiga “Milliybank”ning Samarqand filialidan 350 mln söm kredit olinganini bildirdi. Biroq avvalboşdan öşa mablağni qaytariş Aminovning zimmasida bölgan. U bankning muammoli kreditlar bilan işlaş bölimi boş mutaxassisi Dilşod Husaynovga naqd pul şaklida tölovni amalga oşirib kelganini aytmoqda.

“Qarzdorlikni oyma-oy yopib kelardim. Tölovni doimiy tarzda Husaynov orqali amalga oşirganman. Biror sabab bilan tölovni keçiktirsam, qönğiroq qilardi va imkoniyatimga qarab 5-6 kun keçikiş bilan bölsa-da tölov qilgan kunlarim bölgan. Naqd şaklda tölaganim uçun ayrim holatda kvitansiya berardi, ayrim holatlarda yöq. Tölovlarim bankka kirim qilinayotgandirki, meni heç kim bezovta qilmasdi. Çunki mendagi qarzdorlik bilan bevosita Husaynovning özi işlardi.
Biroq 2022 yilning 20 aprel kuni bankdan Musobek ismli yigit telefon qildi. Özini Husaynovning örniga tayinlanganini aytib, 2,5 yildan buyon bankka tölov qilinmayotganini bildirdi. Bankka borib, muntazam tölov qilib kelganimni aytdim va kvitansiya körsatdim. Xodimlar kvitansiya bankka tegişli ekanini tan olsa-da, kompyuterda tölovlar körinmayotganini aytişdi.
Şundan keyin boşqa bölimga ötgan Husaynov bilan yuzlaşdik, u kassada tuşunmovçilik bölgan deb, vaqt söradi. Şu-şu mendan qoçib yurdi, bir neça marta telefonda gaplaşdik, naf bölmagaç, prokuraturaga murojaat qilişimga töğri keldi”, – deydi Davlat Aminov.


Holatning ajoyibligi şundaki, Aminov bank ma’muriyatiga özining qarzdor emasligini, muammo bankning öz xodimi aybi bilan yuzaga kelayotganini aytsa-da, “Milliybank” Samarqand filiali sudga da’vo kiritgan.
Bank öz xodimining xatosini töğrilaş, mijozni hurmat qiliş örniga, e’tiborni garovga qöyilgan hovliga qaratgan.
Fuqarolik işlari böyiça Samarqand şahar sudi işni “Milliybank” AJ Samarqand filiali foydasiga hal qilgan. 2022 yilning 14 iyuldagi hal qiluv qarori bilan 195 mln kredit, 109 mln muddati ötgan asosiy qarz, jami qariyb 399 mln söm qarzdorlik Olimjon Mingboyev (Davlat Aminovning qarindoşi) nomida turgan uyga qaratilgan.








