Har kuni keçqurun 15 daqiqa va ertalab 10 daqiqani özingizga bir neça savol beriş uçun ajrating. ThriveGlobal kunni töğri taşkil qilişga doir tavsiyalari bilan bölişdi.
Kunning boşlanişi
1. Keçagi kundan beri qandaydir muhim voqea röy berdimi?
Ba'zi voqea yo hodisalar kundalik rejalaringizni qayta körib çiqişga majbur qiladi. Masalan, özingizni yomon his qilsangiz yoki yaqinlaringiz betob bölib qolişsa, grafikni qayta körib çiqişga töğri keladi.
Faqat darhol poçtani tekşirişga kirişmang. Öylab köring, qandaydir bir xat haqiqatda kuningizga katta ta'sir körsatişi mumkinmi? Bevosita iş bilan boğliq xabarlarnigina közdan keçiring. Butun poçtani saralaşga vaqt ketkazmay, faqat ertalabga rejalaştirilgan xabarlarni körib çiqing.
2. Nima qiliş kerak?
Keçqurun ertasi kuni qilişingiz kerak bölgan işlar röyxatini közdan keçiring. Zarurat tuğilgan taqdirda, uni töldiring yoki qisqartiring.
3. Hozirning özida nimadan boşlaş kerak?
Bir vazifani tanlab, butun diqqatingizni şunga qarating. Uç vazifani haminqadar bajargandan köra bir vazifani yaxşilab bajaring.
Kun oxiri
1. Kun davomida nimaga erişdingiz?
Nima qilganingiz va nimaga erişganingizni yodga oling. Hayot — kiçik qadamlar ketma-ketligi, agar kiçik ğalabalardan quvonmasangiz, kattalari tomon qadam taşlaş qiyinroq böladi.
2. Hozirning özida nimadir qiliş kerak emasmi?
Ba'zan nimanidir bajarişni unutganlik tuyğusi işni bir çetga surib, dam olişga xalaqit beradi. Yoddan çiqarilgan işni aniqlaş uçun kiruvçi poçtangiz va işlar röyxatini tekşiring. Keyin uni ertangiga qoldirsangiz, nima bölişi haqida öylab köring.
3. Bugun ulgurmagan işingizni qaçon qiliş kerak?
Kun davomida yaqin kelajakda bajariş kerak bölgan köp işlar paydo bölişi mumkin, biroq bu ularga hozirning özidayoq kirişiş kerakligini bildirmaydi. Ularni ertangiga yoki boşqa aniq bir muddatga rejalaştiring, bugun esa ular haqida öylamaslikka harakat qiling.











