2018 yildan Rossiyaning «Silovyye maşiny» kompaniyasi Markaziy Osiyoda eng katta bölgan elektrstansiya - Sirdaryo IES uskunalarining keng kölamli modernizatsiyasini boşlaydi. Bu haqda «Silovyye maşiny» rasmiy sayti ma'lum qildi.
Iş doirasida 3, 6, 9 va 10-sonli energobloklardagi turbina, generator, qozonxona hamda qöşimça uskunalar yaxşilanadi. Bundan taşqari, texnologik jarayonlarni boşqarişning avtomatlaştirilgan tizimlari joriy etiladi, avtomatlaştirilgan tartibga soliş tizimi rekonstruksiya qilinadi, şuningdek, quriliş-montaj va boşqa tegişli işlar amalga oşiriladi.
Rejaga köra işlar 2020 yilda yakunlanişi kerak. «Silovyye maşiny» tomonidan bu davr içida yiliga ikkitadan energoblok foydalanişga topşirib boriladi.
Işlar yakuni böyiça Sirdaryo IES quvvati 150 MVt.ga oşadi, bu Özbekistonda elektr energiyasi tanqisligini qisqartiradi va mamlakat energiya tizimi işlaşining işonçliligini oşiradi. Bugungi kunda, elektrstansiya mintaqada işlab çiqariluvçi barça elektr energiyasining 30 foizdan ortiğini çiqaradi.













