Qirğiziston Jöqorği Keneşi deputati Umbetali Qodiraliyev («Respublika – Ata-Jurt») Ungartepa toğoldi yerlari qirğiz-özbek davlat çegaralarini delimitatsiya va demarkatsiyadan ötkaziş jarayoniga kirgan hududlar röyxatida ekani yoki unga kirmagani bilan qiziqqan. U bu haqda 21 noyabr kuni Xalqaro işlar, mudofaa va xavfsizlik böyiça Qömita yiğilişida savol bergan.
Qirğiziston Davlat çegara xizmati raisining örinbosari Qubatbek Jeenboyevning ta'kidlaşiça, bu masala böyiça hukumatning maxsus komissiyasi şuğullanmoqda. Uning sözlariga köra, qolgan uçastkalar böyiça muzokaralar davom etmoqda, toğning delimitatsiyasi bilan boğliq masala hali hal etilmagan.
Avvalroq qirğiz-özbek çegarasining 85 foizi muvofiqlaştirib olingani, yana 15 foizi qolgani ma'lum qilingandi.








