Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 noyabrdagi qarori bilan örindoşlik asosida hamda bir neça kasb va lavozimda işlaş tartibi takomillaştirildi. Unga köra, soğliqni saqlaş davlat tizimi taşkilotlari xodimlari böş örin va tegişli malaka bölgan taqdirda amalda işlangan vaqt uçun mehnatga haq tölangan holda örindoşlik asosida şartnomalar tuzişi mumkin.

Bunda örindoşlik böyiça iş vaqtining davom etişi vraçlar uçun iş vaqtining oylik normasidan ortiq bölmasligi lozim, deb yozadi "Xalq sözi" gazetasi.

Şuningdek, Örindoşlik asosida hamda bir neça kasbda va lavozimda işlaş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar va qöşimçalar kiritildi. Unga köra byudjyet taşkilotlarida bir neça kasb va lavozimda işlaganlik uçun qöşimça haq tölaş miqdori lavozim böyiça maoşning 50 foizdan (ilgari 30 foiz edi) ortiq bölişi mumkin emasligi belgilandi.