Rossiya Federatsiya kengaşi a'zosi, rossiyalik tadbirkor va milliarder Suleyman Kerimov fransuz politsiyasi tomondan Fransiyaning janubidagi Nitstsa şahrida hibsga olindi. Bu haqda Rossiyaning Fransiyadagi elçixonasi matbuot xizmatida ma'lum qilindi.   

Kerimov 20 noyabrda keçki vaqt Nitstsa aeroportida uşlangan va politsiya bölimiga olib borilgan. “Yuz bergan voqea haqida ma'lum bölgandan keyin Rossiyaning boş konsulligi xodimlari Nitstsa aeroportiga yöl olganlar. Ular Kerimov bilan uçraşişga erişganlar”, deyilgan xabarda.

Kerimovga qanday ayblovlar qöyilayotgani rasman ma'lum qilinmagan. Senator hozir Nitstsaning politsiya bölimlaridan birida uşlab turilibdi. U Fransiyada qança vaqt uşlab turilişi haqida ham ma'lumot berilmagan.

“Ayni vaqtda Rossiyaning barça konsullik xizmatlari fransuz hukumati bilan aloqada bölmoqda. Rossiyalik senatorga barça imkoni bor kömak körsatilmoqda”, deyilgan Rossiya elçixonasida.

Suleyman Kerimov doğistonlik bölib, “Nafta Moskva” moliya-sanoat guruhini nazorat qiladi. Forbes talqiniga köra, Kerimovning boyligi 2016 yilda 1,6 mlrd dollarga baholangan.