Fan va texnologiyalar böyiça davlat komissiyasining qarori (2017 yil 15 noyabr) bilan Yoş olimlarni yetakçi xorijiy ilmiy markazlar va universitetlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborişni taşkil etiş böyiça tanlov ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Hujjatga köra, xorijiy ilmiy stajirovka ötaşga quyidagi talablarga javob beradigan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va texnik-muhandis xodimlari yuboriladi:
• xorijiy tillarni yetarli darajada biladigan (TOEFL - 500 dan kam bölmagan yoki IELTS - 4,5 dan kam bölmagan), zarur amaliy tajribaga ega bölgan;
• tibbiy soğlom va dispanser röyxatida turmagan;
• yoşi 25 dan 45 gaça bölgan.
Stajirovkaning davomiyligi 3-6 oyni taşkil etadi.
Fan va texnologiyalar agentligi ilmiy stajirovkalarga yuboriş böyiça tanlov ötkaziş haqidagi e’lonni tanlov ötkazişdan 2 oy oldin OAV, şuningdek internet-naşrlar va özining saytiga joylaştiradi.
Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bevosita böysunuvçi vazirlik yoki idoralar Agentlikka stajirovka ötaşga nomzodlarning quyidagi hujjatlarini taqdim etadi:
• Buyurtmaçining yöllanma xati va stajirovkaga yuboriş rejasi;
• ilmiy-tadqiqot muassasasi (oliy ta’lim muassasasi) tomonidan tasdiqlangan va qabul qiluvçi tomon bilan oldindan kelişilgan, ilmiy stajirovka taklifnomasi va dasturi loyihasi;
• nomzodlarning ma’lumotnoma-obektivkasi (anketa);
• nomzodlarning oliy ma’lumoti töğrisidagi diplomining nusxasi;
• nomzodlarning ilmiy darajasini, ilmiy unvonini tasdiqlovçi diplomlarning nusxasi (agar mavjud bölsa);
• nomzodlarning mehnat daftarçasining nusxasi;
• nomzodlarning pasportining nusxasi;
• nomzodlarning 3x4 sm ölçamdagi oq fondagi 4 ta rangli fotosurati;
• nomzodlarning çet tilidan bilim darajasini belgilovçi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL va şu kabilar) (agar mavjud bölsa).












