Oxirgi yillarda ilmiy iş qilayotgan, olimlik rutbasini olgan tadqiqotçilar soni keskin köpaygan. Davlat rivoji uçun ularning köpaygani yaxşi, çunki tadqiqot işlari natijasida ilmiy yeçimlar beriladi. Lekin obro‘-e’tibor, qöşimça daromad uçun xöjakörsinga ilmiy izlaniş olib borayotganlar ham ançagina. Kun.uzʼning navbatdagi suhbatida xuddi şu mavzuda söz boradi va unda qatnaşganlar fikriça, hozirgi tadqiqotçilarning ilmiy yangiligi dissertatsiyalarda qolib ketmoqda.

Ilmiy daraja bu şaxslarga beriladigan rasmiy unvon yoki tarjimai holni boyituvçi ma’lumot emas. Ilmiy daraja sohiblarining soni ortişi esa davlatda ilmiy salohiyat yuksalayotganini isbotlaşi kerak. Biroq Özbekistonda bu jarayon formallaşib bormoqda va asosiy maqsad qöşimça obro‘-e’tibor, daromad manbai bölib qolmoqda.

Kun.uz bilan suhbatlaşganlardan biri, Jamoat xavfsizligi universiteti professori, yuridik fanlari doktori Umid Xoliqulov fikriça, tadqiqotçilar ilmiy unvon olgaç öqituvçilik bilan çeklanib qolyapti va ilmiy yangiligini amalda joriy qilmayapti. Ustiga-ustak öqituvçilikning ham qator topşiriqlari sabab dissertatsiyadagi izlanişlar qoğozda qolib ketmoqda. Özim ilmiy iş qiliş uçun 10 yil umrimni sarflaganman, deydi u.

“Asosiy muammo vaqtda emas, haqiqiy tadqiqotni olib boriş kerak. Ya’ni ma’lumotlarni töğri tanlaş, ularni qayta işlaş, uni tajribada sinab körişga vaqtni töğri taqsimlaş kerak. Agar şu jarayonlar töğri yölga qöyilsa, ilmiy yangilikning hayotga joriy qilinişi avtomatik ravişda amalga oşib ketaveradi”, deydi Xoliqulov.

Dunyoning qator rivojlangan davlatlarida ilmiy jarayonlarni universitetlarning özi olib boradi. Özbekistonda Oliy attestatsiya komissiyasi buni tartibga soladi, kvotalarni vazirlik belgilaydi. Şu örinda komissiyaning vazifalari bugun qançalik kerak, degan savol örinli.

Prezidentning ilmiy jarayonlarni tartibga solişga möljallangan yangi farmoni bilan ilmiy kengaşlar mustaqilligi kengaymoqda, deydi komissiya matbuot kotibi Bahodir Jovliyev.

“Oliy attestatsiya komissiyasining bugungi kundagi faoliyati u dissertatsiyaga va ilmiy unvonlarga qöyilayotgan talablarning yagonaligini va ularning bir xilda butun Özbekiston miqyosida qilinişini ta’minlaşdan iborat”, - deydi u.  

Xöş, bugungi ilmiy tadqiqotçilarning motivatsiyasi nimalar iborat: ilm-fanga hissa qöşişmi, daromadmi yoki obro‘-e’tibor?