«Austriya» klubi hujumçisi Kristof Monşayn Yevropa Ligasining guruh bosqiçi 5-turi doirasida «Milan» darvozasini işğol qilib hisobni oçdi.

Bu gol oqşomning eng ğalati goliga aylandi. Bu vaziyatda mehmonlar jamoasi hujumçisi qanotda harakatlanib, oldiga yugurib kelgan darvozabonni aldab ötdi va töpni ötkir burçakdan sekingina yumalatdi. Bu vaziyatda milanliklar himoyaçisi Leonardo Bonuççi töpni töxtatib qoliş imkoniga ega bölgandi, ammo u töpga notöğri taşlandi va töp uning oyoqlari orasidan ötib darvozaga kirdi.

Öyinning qolgan qismida «Milan» 5ta gol urdi va yirik ğalabaga erişdi. Natijada milanliklar muddatidan oldin keyingi bosqiç yöllanmasini qölga kiritişdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda işonçni oqlay olmagan bu qimmatbaho futbolçining harakatlari kinoya bilan kutib olinmoqda.

Eslatib ötamiz, «Milan» şu yozda Bonuççini 42 million yevro evaziga «Yuventus»dan sotib olgandi.