AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Time jurnali talqini böyiça yana «Yil odami» bölişdan boş tortgan. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozdi.
«Time jurnalidan qönğiroq qilişib, meni, aftidan, xuddi ötgan yildagi kabi yana «Yil odami» deb e'lon qilişlari mumkinligini aytişdi. Biroq bunday holatda men intervyu berişim va katta fotos'yomkaga rozi bölişim kerak bölardi. Men bunga rozi emasligimni aytdim va rad javobini berdim. Nima bölgan taqdirda ham rahmat», - deya yozdi Tramp.
Avvalroq Time jurnali AQŞ prezidentining qizi Ivanka Tramp va uning eri Jared Kuşnerni 2017 yilda jahonning eng nufuzli şaxslari röyxatiga kiritgandi. Röyxatga Hollivud yulduzlari Emma Stoun va Rayan Reynolds ham kirdi.








