Şu hafta avvalida tarmoqda Samsung kompaniyasining bölğusi flagmani - Galaxy S9'ning suratlari paydo böldi. Smartfon ğilofda bölgani bois uning ikki kamerali old panelinigina közdan keçiriş mumkin böldi. Hi-Tech şu haqidagi xabari bilan bölişdi.

Aftidan, Samsung Galaxy S9'ga biometrik sensor örnatişning konservativ variantida töxtagan körinadi. Kompaniya hozirça barmoq izlari skanerini ekranga örnatişning uddasidan çiqa olganiça yöq, pastki qismida öyma bölgan ekran haqidagi gap-sözlar esa öz tasdiğini topmadi. 

Ba'zi manbalarning ta'kidlaşiça, smartfon hoşiyalari ğilofda köringandan-da ingiçka. Anonim, lekin işonçli manbalar ekran va smartfon korpusi örtasidagi nisbat 90 foizdan oşişini aytişmoqda.

Foto: hi-tech.mail.ru

Bu degani Galaxy S9 va S9 + smartfonlari frontal yuzasining faqat 10 foizga yaqinigina displey hoşiyasini taşkil qilişini bildiradi, buni tasavvur qiliş qiyin. Galaxy S8, S8 + va Note 8'da esa ekran va korpus nisbati - 84 foiz atrofida. Qolgan raqobatlaşayotgan hoşiyasiz smartfonlar 82-85 foiz körsatkiçlari bilan maqtana oladi, Xiaomi Mi MIX 2 uçun bundan-da katta raqamlar aytilayotgan bölsa-da, hozirça bunga işoniş qiyin.

Şunga qaramay, Samsung yanvar oyida 90 foizli ekranga ega, barça zarur datçiklar va frontal kamerani qolgan 10 foizga joylagan smartfonini taqdim eta olsa, 2018 yildagi yetakçilikni qölga kiritadi.