Samsung Electonics kelasi yil boşidagi iste'mol elektronikasi körgazmasida mikronurdiodlardagi televizorni taqdim etadi. ZDNet Korea’ning xabar berişiça, bu qatordagi eng hayratlanarli TV diagonali 150 dyuymni taşkil qiladi.
Bunday hajmlarga ega model uy kinoteatrlari egalariga möljallangan. Unda 4K displeyli (4096×2160) Cinema LED’dagi kabi texnologiya qöllangan. Samsung bu qurilmani yozda taqdim etgandi.
Mikronurdiodlar displeylar texnologiyasining yangi avlodi sanaladi, sababi ança kontrastga töla tasvir bilan ta'minlaydi hamda OLED bilan taqqoslaganda körsatiş jarayonini yengillaştiradi. Uni amalga oşiriş inson soçidan katta bölmagan nurdiodlarni tayyorlaş murakkabligi va jarayonning yuqori qiymati tufayli ortga surib kelingan, biroq, aftidan, Samsung bu muammoga yeçim topgan.
Mikro-LED’ni işlab çiqiş – oddiy bölmagan vazifa. Har bir nurdiodning ölçami 100 mikrometrdan kam, hamda har bir mikroçip piksel kabi harakat qiladi. Biroq, agarda bu texnologiya işonçli ekanini isbotlasa, u energiya iste'molini kamaytiriş va OLED’dagi qator muammolardan qutiliş imkonini beradi. Işlab çiqaruvçilar plastik tagliklarni qöllaşadigan bölişsa, ekranlarni bukiluvçan qilib tayyorlaş mumkin, deb yozmoqda ZDNet.












