CNN telekanali xodimlari Oq uyda jurnalistlar uçun taşkil etilgan Rojdestvo bazmiga kelişdan boş tortişdi hamda bunga AQŞ prezidenti Donald Trampning siyosatiga qöşilmasliklari bilan izoh berişdi. Bu haqda Politico naşri telekanal vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.
«Prezidentning matbuot erkinligi va CNN’ga davom etayotgan hujumlari fonida biz taklif etilgan mehmonlar sifatida u bilan birga bayram qiliş töğri emas, deb hisoblaymiz», - deya aytib ötdi CNN vakili.
Oq uydagilar esa jurnalistlarning boykoti haqidagi xabarlarni iliq kutib olişdi.
«Bayram erta boşlanmoqda! CNN’dan yaxşi yangiliklar ham çiqib turar ekan!» - deya yozgan Oq uy vakili Sara Sanders tvitterdagi öz sahifasida.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp özi hokimiyat tepasida bölib turgan ön oy davomida Qöşma Ştatlar qanday muvaffaqiyatlarga erişganini aytib ötgandi.








