Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan tvitter ijtimoiy tarmoğida köplab maşhur insonlar, jumladan bloger Jyerom Jarr va fransuz aktyori Omar Si tomondan taşabbus bildirilgan, rohingya-musulmonlariga yordam beriş kampaniyasini «#LoveArmyforRohingya» (Rohingyani sevuvçi armiya) qöllab-quvvatladi.     

Turkiya prezidenti tvitterdagi blogida fransiyalik blogerning Arakan musulmonlariga yordam beriş çorloviga javob berdi.

“Qadrdon Jyerom Jarr! Biz muhtojlar qayerda bölmasin, ularga yordamimizni ayamaymiz. #LoveArmyforRohingya’ning sa'y-harakatlarini AFAD, TİKA, Turkiya qizil yarimoy jamiyati kabi gumanitar taşkilotlarimiz hamda Turkish Airlines aviakompaniyasi vositasida qöllab-quvvatlaymiz”, deb yozgan Erdöğan. 

Avvalroq bloger öz blogida “Biz sizning har biringizga muhtojmiz! Biz missiyamiz uçun Turkiya prezidentidan yordam söraymiz. @RT_ERDOGAN'ı RT va #ErdoganHelpRohingya teglaridan foydalanişingiz mumkin” deb yozgandi.

Erdöğanning rohingya musulmonlariga yordam kampaniyasini qöllab-quvvatlaşga çorlovçi tegi Fransiyadagi, #ErdoganHelpRohingya tegi esa köplab davlatlardagi eng muhokama qilingan mavzuga aylangan.

Myanmaning Arakan ştatida yaşovçi rohingyalarga qarşi hujumlar 25 avgustdan jadallaşgan va “jangarilarga qarşi kuraş” vaji bilan ötkazib kelinmoqda. Şu sababli hududdagi gumanitar vaziyat keskin yomonlaşgan. Arakandan 613 ming kişi jon saqlaş maqsadida Bangladeşga qoçgan.