Xitoyning 5G mobil tarmoqlarini yaratiş böyiça yetakçi bölişga intilişi mamlakatni keyingi 5 yil içida OTT  (internet orqali videoxizmatlar körsatiş) bozorida yetakçiga aylantirişi mumkin. Biroq Pekinning ijodiy kontentni işlab çiqariş va eksport qilişni kuçli nazorat qilişi bunda asosiy tösiq böladi, deb yozmoqda Variety naşri.

5G tarmoqlarda ma'lumotlarni uzatiş tezligi 4Ğnikidan önlab marta tezroq bölişi kutilmoqda. Ba'zi baholaşlarga köra, bunday tarmoq orqali HD-sifatdagi 2 soatlik filmni köçirib oliş uçun bor-yöği 12 soniya kifoya qiladi. Bunday tezlik internet orqali videolarni uzatiş uçun möljallangan OTT (over-the-top) texnologiyasini kengroq qöllaş imkonini beradi. Naşrning fikriça, yangi tarmoqlar evaziga videokontent bozori Xitoyda ança kengayadi. Tahlilçilar Xitoyda 5G abonentlari soni 2020 yilgaça yarim milliardga yetişi, bu esa dunyodagi abonentlarning yarmini taşkil qilişini prognoz qilmoqdalar.

Xitoyning texnologiyalar, ommaviy axborot vositalari va telekommunikatsiyalar departamenti PwC rahbari Uilson Çouning aytişiça, Xitoyda 5G 2020 yildan joriy qilinadi. “HD-video uzatiş tezligi va barqarorligini oşiruvçi 5G tarmoqlar foydalanuvçilarning işini ança yaxşilaydi va şu tariqa, Xitoyda OTT sanoati rivojiga yordam beradi”, deb aytmoqda Çou.

Naşrning fikriça, Xitoy hukumati tomondan kontent va internet ustidan qattiq nazorat mamlakatda OTT texnologiyalarni rivojlantirişda katta tösiq böladi. Joriy yozda Xitoy kiberhudud sohasida yangi qonunlarni qabul qildi, bu esa xorijiy filmlarni sotişga jiddiy zarba böldi.

Biroq Çouning aytişiça, keyingi 5 yilda Xitoyda bepul televideniyedan pullik videoxizmatlar tomon katta qadam taşlaş yuz beradi. Bu öz navbatida senzuraning qat'iyligiga qaramasdan, tarmoqning barqaror ösişiga olib keladi. “Biz OTT bozori keyingi 5 yil içida 20 foizga oşişini, ya'ni 2021 yilda 4,5 mlrd dollarga yetişini kutmoqdamiz”, deb aytgan Çou. 

iPhone’ning yangi versiyalarini yaratiş ustida işlayotgan muhandislar 5G texnologiyasini rivojlantiriş uçun Intel bilan hamkorlik qilmoqdalar. Şu bilan birga Apple’ning yangi avloddagi modemlarni yetkazib berişda yetakçi bölgan Qualcomm bilan hamkorligi tugatilişi mumkin.