Özbekiston kubogining final uçraşuvi bölib ötadigan «Bunyodkor» stadionida anşlag bölişi kutilmoqda.
Tribuna.Uz manbasi bergan xabarga köra, uçraşuvga muxlislar majburlab olib kirilişi rejalaştirilgan. Final uçraşuvini tomoşa qiliş uçun OFK prezidenti Şayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa taşrif buyurişi kutilmoqda. Şu maqsadda ÖFF faxriy mehmon qarşisida böş stadion bölmasligi uçun turli yöllar bilan bölsada arenani muxlislar bilan töldirişni rejalaştirgan.
Qiziq tomoni, uçraşuvni tomoşa qiliş uçun Oliy liganing har bir klubiga özi joylaşgan hududdan 500 nafardan muxlis olib keliş vazifasi yuklatilgan. Finalda Toşkentning ikki jamoasi «Lokomotiv» va «Bunyodkor» töp surişiga qaramasdan, boşqa klublarning muxlislari ham stadionida bölişi lozimligi aytilgan.
Eslatib ötamiz, oldinroq «Barselona» sobiq futbolçisi Karles Puyol Toşkentga taşrif buyurib «Paxtakor» va «Olmaliq» uçraşuvini stadiondan kuzatib borgandi. Öşa uçraşuvga ham Toşkentdagi oliy öquv yurtlari va kollej talabalari majburan olib kirilgandi. Hozirça Özbekiston kubogi finalida ham talabalar majburan olib kirilişi yoki olib kirilmasligi borasida ma'lumotlar yöq.
Ma'lumot uçun, Özbekiston kubogi finali 4 dekabr kuni duşanba kuni Toşkentdagi «Bunyodkor» stadionida bölib ötadi. Uçraşuv 15:00da boşlanadi.












