AQŞning Ampere Motors startapi özining ilk avtomobili – uç ğildirakli, kiçik ölçamli elektr rodster “1”ni namoyiş qildi. Elektr rodsterning taqdimoti 1 dekabrdan boşlanuvçi Los-Anjyelesdagi avtosalonda bölib ötadi, biroq maşinaning suratlari internetda paydo bölişga ulgurdi.
Bu noodatiy elektrokar negizida quvursimon ramali şassi yotadi. Maşina batareyalari siğimi unga qayta quvvatlanişsiz 160 km gaça yöl bosib ötiş imkonini beradi.

Kompaniya vakillarining aytişiça, uşbu avtomobilni yaratişda tajribali mutaxassislar, muhandislar va poygaçilar iştirok etişgan. Bu maşina uning yaratuvçilari tomondan “şahar böylab yuriş va yaxşi hordiq çiqariş uçun ideal maşina” deb ta'riflangan.
Maşinaning dastlabki narxi 9900 dollarga baholangan. Ayni vaqtda Ampere 1 seriyali işlab çiqariş uçun taxminan 80 foizga tayyor. Kompaniya maşina uçun oldindan buyurtmalar ola boşlagan.








