Jahon | 08:19 / 01.12.2017
5185
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Tillersonning o‘z lavozimidan ketmasligini ma'lum qildi

Foto: AP

Oq uy rasmiy vakili Sara Sanders OAVda AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning iste'foga ketkazilishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandan keyin Tillerson o‘z lavozimini bajarishda davom etishini ma'lum qildi. 

“Prezident aytgandek: “Reks shu yerda”. Hozir bu borada hech qanday e'lonlar yo‘q. Davlat kotibi Tillerson davlat departamentini boshqarishni davom ettiradi va butun vazirlar mahkamasi bor e'tiborini prezident Trampning ushbu muvaffaqiyatli birinchi yilini yakunlashga qaratgan”, deb aytgan Sanders. 

Avvalroq New York Times gazetasi Tillersonning o‘rnini MRB direktori Mayk Pompeo egallashini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid