AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida sobiq davlat kotibi Reks Tillersonni anqov va dangasa deb atadi.

«[Davlat kotibi] Mayk Pompeo öz işini yaxşi qilmoqda, men undan juda faxrlanaman. Undan avvalgi Reks Tillersonda kerakli aqliy qobiliyatlar yöq edi. U anqov edi hamda men undan tezda qutula olmadim. U juda dangasa odam edi», - deya yozgan Tramp.

AQŞ prezidenti Tillerson omma oldidagi nutqida uni «hisobotlarni öqişni yoqtirmaydigan va tafsilotlarni örganişni xohlamaydigan, juda betartib şaxs», deb ataganidan söng şunday bayonot berdi, deb yozmoqda BBC News.

ExxonMobil neft kompaniyasini boşqargan Reks Tillerson Donald Trampning taklifi bilan AQŞ Davlat departamentiga rahbar bölgandi. Tramp u haqida ijobiy fikrlar bildirib, «işbilarmondan köra kattaroq şaxs» va «jahon darajasidagi öyinçi», deb atagan. Keyinçalik ularning mojarolari haqida miş-mişlar tarqaldi; 2018 yil mart oyida prezident Tillersonni işdan böşatdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Obama va uning rafiqasi bilan söraşib, Klintonlar oilasiga e'tibor ham bermagani xabar qilingandi.