AQŞ prezidenti Donald Tramp sobiq davlat kotibi Reks Tillersonni “pökak kabi axmoq va öta dangasa” deb atadi. U bu haqda tvitterda ma'lum qildi.  

Avvalroq Tillerson CBS telekanaliga intervyuda Trampni intizomsiz va juda qiziqqon deb atagan hamda turli idoralar tomonidan u uçun maxsus tayyorlangan hujjatlarni öqimaganlikda ayblagan. Sobiq davlat kotibining ta'kidlaşiça, u bir neça marotaba Trampni qonunni buzişdan töxtatib qolgan.

“Mayk Pompeo yaxşi işlamoqda, men u bilan faxrlanaman. Undan avvalgi Reks Tillerson kerakli aqliy qobiliyatlarga ega bölmagan. U pökak kabi axmoq bölgan va men undan iloji boriça tezroq xalos bölişim kerak edi. U öta dangasa bölgan. Endi esa öyin umuman özgaça bormoqda, davlat departamentida umuman boşqaça kayfiyat”, deb javob bergan Tramp Tillersonning tanqidiga.

Tillerson AQŞ davlat kotibi lavozimini 2017 yil fevralidan 2018 yil martigaça egallagan. U iste'foga ketkazilgaç, davlat kotibi lavozimiga Markaziy razvedka boşqarmasining sobiq direktori Mayk Pompeo tayinlangandi.