AQŞ senati prezident Jo Bayden tomonidan davlat kotibi lavozimiga taklif qilingan nomzodni qöllab-quvvatladi. Uşbu lavozimni 58 yoşli Entoni Blinken egalladi.   

Uning nomzodi uçun senatning 78 a'zosi ovoz berdi, 22 a'zosi qarşi çiqdi. 

Blinken AQŞ ma'muriyatining köplab a'zolari kabi Bayden bilan uzoq vaqtdan beri birga işlaydi. Jumladan, u Barak Obama prezidentligi vaqtida davlat departamentida ikkinçi şaxs bölgan. Öşanda Bayden vitse-prezident lavozimini egallagan.

Ta'kidlab ötiş joiz, Baydenning ma'muriyati AQŞ tarixidagi eng turfa millatli hisoblanadi. U tomonidan tayinlangan har ikkinçi amaldor rangli aholi vakillaridan iborat. Jumladan, uning prezidentligida birinçi marta Pentagonga afroamerikalik rahbar tayinlandi. Vitse-prezident lavozimini esa AQŞ tarixida birinçi marta oq tanli bölmagan ayol Kamala Xarris egalladi.