“Tesla” kompaniyasining Model S va Model X avtomobillarining 90 foizdan köproği işlab çiqariş nuqsonlariga ega, deb yozmoqda kompaniyaning sobiq va amaldagi 9 xodimiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. Ularning aytişiça, bu muammolar xaridorlarga yetkazib berişdan avval töğrilanadi va bunga kompaniyaning katta mablağlari sarflanadi.
Manbalarning ma'lum qilişiça, bunday muammolarga taşqi panellardagi tirnaliş va paçoqlar körinişidagi kiçik taşqi nuqsonlar bilan bir qatorda murakkabroqlari, misol uçun, nosoz örindiqlar va eşiklar, salon va kuzov tirqişlari germetikligi buzilişi kabilar kiradi. Kompaniya muammolar paydo bölganda konveyerni töxtatmay, ularni yiğib bölingan maşinada töğrilaşni afzal köradi.
Kompaniya xodimlarining aytişiça, yengil muammolar köp vaqt olmaydi. Maşinalar murakkabroqlar muammoni hal etiş uçun zavod hududidagi maxsus maydonga yuboriladi. Ayni vaqtda bu maydonda ta'mirlanişi kerak bölgan 2 mingdan köproq maşina yiğilib qolgan.
Axborot agentligi tomondan söralgan mutaxassislarning ta'kidlaşiça, Toyota kabi yirik kompaniyalarda işlab çiqariş nuqsoni uluşi 10 foiz atrofida bölişi kerak. Tesla’ning juda köp nosozliklari kompaniya tayanç işlab çiqarişni hali yölga qöymaganidan darak beradi.
Tesla vakillari axborot agentligi manbalari sözlarini tasdiqlaşmagan va işlab çiqariş nuqsoni böyiça ma'lumotlarni oşkor qilişmagan. Ularning aytişiça, zavodda işlab çiqariş ortidan qat'iy nazorat örnatilgan. 2017 yil oktabrda kompaniya rahbari Ilon Mask Model 3’ni işlab çiqarişdagi muammolarni töğrilaş uçun vaqt kerakligini aytgan.








