Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2017 yil 4 dekabr kuni Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Aşraf Ğaniy rasmiy taşrif bilan Toşkent şahriga kelişi haqida avval xabar berilgandi.
Oliy darajadagi uçraşuvlarda Özbekiston va Afğoniston munosabatlarining bugungi holati va uzoq istiqbolga möljallangan hamkorlikni rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini muhokama qiliş, asosiy xalqaro muammolar va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlaş masalalari yuzasidan fikr almaşiş rejalaştirilgan.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qöşma bayonoti qabul qilinişi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan-ta'lim va boşqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, şuningdek, tijorat şartnomalari imzolanişi kutilmoqda.
Afğoniston prezidentining Özbekistonga taşrifi dasturidan, şuningdek, Buxoro şahrini ziyorat qiliş ham örin olgan. Oliy martabali mehmon Buxoro davlat universiteti professor-öqituvçilari va talabalari bilan uçraşadi hamda ular huzurida ma'ruza qiladi.








