Butun dunyo mamlakatlari 2020 yili aholini röyxatga oliş amaliyotini ötkazadi. Şu munosabat bilan Özbekistonda ham bu vaqtgaça normativ hujjatlar qabul qilinsa, Davlat statistika qömitasi bu işni amalga oşirişga şay. Bu haqda Qömita raisi örinbosari Mahmudjon Ziyodullayev XPK sessiyasida ma'lum qildi.
Ma'lumki, Özbekiston aholisi oxirgi marotaba mustaqillikdan avval, 1989 yilda röyxatga olingan. Vaholanki rivojlangan davlatlarda bunday tadbir har 10 yilda taşkil qilinadi. Aholini röyxatga oliş tadbirining muhimligi şundaki, u öz içiga köp narsalarni qamrab oladi.
“Bu orqali aholi soni, tarkibi, ta'lim darajasi, turar joy bilan taminlanganligi, soğliqni saqlaş va bir qança körsatkiçlarga oydinlik kiritiladi. BMT taklifiga asosan 1989 yildan keyin muntazam ravişda respublika aholi soni böyiça ma'lumotlar IIV va Adliya vazirligining FHDYo bölimlaridan tuğilganlik, vafot etganlik, fuqaroning köçib ketganligi yoki kelganligi töğrisidagi ma'lumotlar har oyda şakllantirib boriladi”, - dedi Ziyodullayev.

Foto: Xalqaro Press-klub
Uning aytişiça, sönggi ma'lumotlarga binoan, 2017 yilning ilk 9 oyi mobaynida Özbekiston aholisi 32,5 million kişini taşkil etgan. Şundan 523 mingi yangi tuğilgan çaqaloq bölsa, 116 mingdan ortiq fuqaro vafot etgan. 192 mingdan ziyod nikoh röyxatdan ötgan, 23 ming oila ajralişga qaror qilgan.
“Köçib kelgan fuqarolar soni 120 mingni taşkil qildi, 136 mingga yaqin fuqaro bir hududdan ikkinçi hududga yoki xorijga köçib ketdi. Bundan keyin, Prezident farmoyişiga asosan har 10 yilda 1 marta aholini qayta röyxatdan ötkaziş tadbiri yölga qöyiladi. Hukumat tomonidan topşiriq berilgandan söng bu tadbir amalga oşiriladi. Butun dunyoda 2020 yilda bu tadbirni amalga oşiriş közda tutilgan. Öşa kungaça normativ hujjatlar tayyor bölsa, qömita bu amaliyotni ötkazişga har doim şay. Buning uçun qömita xodimlari BMT treninglarida iştirok etib, öz tajribalarini oşirmoqdalar”, - dedi Ziyodullayev Xalqaro Press-klub sessiyasida.












