Jahon | 00:18 / 05.12.2017
5049
2 daqiqa o‘qiladi

Floridada kurerlar uch g‘ildirakli elektrovelosipedlarda harakatlana boshladilar

Foto: United Parcel Service

Florida shtatining Fort-Loderdeyl kurort shahrida kur'yerlik xizmatlari ko‘rsatuvchi UPS kompaniyasining elektrovelosipedlari paydo bo‘ldi. Bu elektrovelosipedlar atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda pochta jo‘natmalarini yetkazish uchun mo‘ljallangan.

Yangi sof transport yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va yuk transporti miqdorini kamaytirishga qaratilgan Green Your Routine va Vision Zero Fort Lauderdale dasturlarini amalga oshirishning yana bir shakli bo‘ldi.

“Bu xususiy va jamoatchilik sektorlari birgalikda kelishib ishlashi va zamonaviy shaharlar ehtiyojlariga javob beruvchi ekologik sof yechimlarni izlashiga yana bir misoldir. Agar gap atrof-muhitga ta'sirni kamaytirish haqida borsa, bizda transport turlari ko‘p, jumladan yuqori mobillikni ta'minlovchi va atrofga zararli chiqindi chiqarmaydigan velosipedlarimiz bor”, deb aytgan UPS’ning texnik direktori Skott Fillippi.

eBike elektrovelosipedlarining muvaffaqiyati ilk bor Gamburgda – kompaniya shahar ichida tovarlarni yetkazishning yangi usulini taqdim qilganda namoyish qilingan. Kompaniya bu maqsadda shaharning markaziy tumanlarida jo‘natmalar saqlanadigan omborlarni joylashtirgan. Piyoda yuruvchi yoki maxsus yaratilgan uch g‘ildirakli velosipedlarda harakatlanuvchi kurerlar bu omborlardan jo‘natmalarni olishgan. Bu esa transport tarmog‘iga yuklamani va zararli gazlar chiqarilishini kamaytirishga imkon bergan. Dastur yaxshi natijalar bergach, u Germaniyaning qolgan shaharlarida, so‘ngra Belgiya, Italiya, Fransiya, Irlandiya va AQShda tatbiq qilingan. 

“UPS 109 yillik tarixining boshida velosipedlarda xizmat ko‘rsatuvchi kurerlik kompaniyasi bo‘lgan. Biz havo va quruqlikdagi transportning keng tarmog‘ini rivojlantirganimiz bilan, velosipedlar shaharlarning gavjum tumanlarida harakatlanish usuli sifatida yana qaytmoqda”, deb aytgandi shunday dasturning Pittsburgda joriy qilinishi vaqtida UPS vitse-prezidenti Mark Uolles.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid