Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UPS dorilarni dronlar yordamida zudlik bilan yetkazib berish xizmatini sinovdan o‘tkazmoqda
UPS logistika va tezkor yetkazib berish xizmati dronlar ishlab chiqaruvchi CyPhy Works kompaniyasi bilan yuklarni dronlar vositasida yetkazib berishni sinovdan o‘tkazish maqsadida hamkorlik qilmoqda.
Dron birinchi sinov parvozida ingalyatorni belgilangan yo‘nalish bo‘yicha Marblxed sohilbo‘yi shahridan (Massachusets shtati) Atlantika okeani ustidan uchib, Children's Island oroliga yetkazib bergan. CyPhy Works kompaniyasi bosh texnik direktori Helen Grene so‘zlariga ko‘ra, dron 4,8 kmlik masofani 8 daqiqada uchib o‘tgan va yerga muvaffaqiyatli qo‘ngan.
UPS kompaniyasi yuklarni har kunlik yetkazib berish jarayonida dronlardan foydalanishni rejalashtirmayapti. Chunki, u asosan yuklarni uzoq va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarga eltish bilan shug‘ullanadi. Biroq, kompaniya dronlardan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zudlik bilan zarur bo‘lgan jihoz yoki dorilarni yetkazishda foydalanishni rejalashtirayapti.
Ta'kidlanishicha, UPS shu yilning may oyida dronlar ishlab chiqaruvchi Zipline kompaniyasi, emlash va immunlash alyansi Gavi bilan hamkorlik qilib, Ruandada dronlar vositasida dorilarni yetkazib bergan edi. UPS shu jihati bilan har kunlik yuklarni yetkazib berishda dronlardan foylanishni rejalashtirayotgan Amazon, FedEx va Walmart kabi raqobatchilaridan farqlanadi.
Umuman, mazkur kompaniyalarning hech biri qonunchilik o‘zgartirilmasdan dronlardan tijoriy maqsadlarda foydalana olmaydi.

Mavzuga oid
09:10
Ukraina dronlari Rossiyaning bir nechta hududiga zarba berdi
08:50 / 10.07.2026
CobraJet: sun’iy intellektli yangi dron-ovchi namoyish qilindi
14:52 / 08.07.2026
Yuk tyagachlari va yarim tirkamalar importi boj va utilyig‘imdan ozod qilindi
11:30 / 11.06.2026