BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Zaid Raad al-Husayn Myanmaning Arakan ştatida rohingya musulmonlariga qarşi önlab yillar davom etgan tizimli va şafqatsiz hujumlarni qoraladi.
BMTning inson huquqlari kengaşining maxsus yiğilişida iştirok etgan oliy komissar Myanmadagi voqealarda genotsid unsurlari borligini birinçi marta ta'kidlab ötdi.
Al-Husayn kengaşni Arakan musulmonlariga qarşi zöravonliklar tugatilişi uçun zaruriy çoralarni körişga çaqirdi.
Oliy komissar, şuningdek, kengaşni Arakan musulmonlariga qarşi qöllangan jinoyatlarni tergov qiliş böyiça yangi mustaqil mexanizmni taşkil etişga çaqirdi.
Uning aytişiça, rohingya musulmonlari uzoq yillardan beri Myanma fuqarolari deb tan olinmaydi, ular turli hujumlar, tahqirlaş va ta'qiblarga uçraydilar.
“Ular öldirilmoqdalar, zöravonlikka uçramoqdalar, ularning uylari, qişloqlari vayron qilinib, ularga jiddiy moddiy zarar yetkazilmoqda. Bu barça hodisalar hisobga olinsa, genotsid unsurlari borligini kimdir inkor eta oladimi?”, deb aytgan al-Husayn.
Al-Husaynning ta'kidlaşiça, 25 avgustdan keyin Bangladeşga qoçgan rohingyalar soni 626 mingni taşkil qilmoqda. BMTning uçta delegatsiyasi Bangladeşga vaziyatni joyida örganiş uçun jönab ketgan.








