Lexus kompaniyasi jahondagi premerasi yanvar oyida Detroyt avtosalonida bölib ötuvçi LF-1 Limitless nomi ostidagi kontsept-karining tizerini e'lon qildi. Işlab çiqaruvçi bu avtomobilni «haşamatning yangi darajasini belgilab beruvçi flagman yöltanlamasi», deb atamoqda, deb yozadi Motor.ru.

Maşinaning uşbu nusxasi haqida batafsil ma'lumot hozirça oşkor etilmayapti. Şunisi ma'lumki, avtomobil kompaniyaning Kaliforniyadagi dizayn-studiyasida işlab çiqilgan. Suratda körinişiça, unda noodatiy qöş spoyler, oynavand tom, şuningdek interer detallari — orqa örindiqdagi yölovçilar uçun alohida monitorlar bor.

«Leksus»ning söngi kontseptual krossoveri UX prototipi bölgan edi. Markaning Fransiyadagi joylaşgan yevropa dizayn markazida yaratilgan avtomobil elektroxrom oynalarga ega bölgan va ularni ta'bga köra qoraytiriş mumkin. Şuningdek, tarkibi ipak asosidagi eko-materiallardan iborat bölgan «kinetik örindiqlar»ga ega.















