Oşkor etilgan maʼlumotlar orasida ismlar, lavozimlar, tuğilgan sanalar, ijtimoiy suğurta raqamlari va aloqa maʼlumotlari ham bölişi mumkin, deb xabar berdi ABC News AQŞ Mudofaa vazirligi vakiliga tayanib.
Hujum Defense Manpower Data Center (DMDC) axborot tizimida sodir bölgan. U harbiy obyektlar va kompyuter tarmoqlariga kiriş imkonini beruvçi Mudofaa vazirligi guvohnomalarining şaxsini tasdiqlaş uçun javobgardir. Markazda jami 60 milliondan ortiq yozuv saqlanadi. Federal News Network maʼlumotlar şifrlanmaganini yozmoqda. Noqonuniy kiriş birinçi marta 2025-yil oktabr oyida sodir bölgan. Faqat 16-iyul kuni mutaxassislar zaiflikni bartaraf etgan. Pentagonning taʼkidlaşiça, maʼlumotlarga oz sonli foydalanuvçi kiriş huquqiga ega bölgan.
Sizib çiqiş boşqa şunga öxşaş voqeadan bir hafta ötar-ötmas maʼlum böldi. ShinyHunters guruhi FQB işga joylaşiş uçun nomzodlarning asosiy portali - FBIJobs bazasiga noqonuniy kirganini maʼlum qildi. FQB tergovni tasdiqladi va har bir xodimining şaxsiy maʼlumotlari oşkor qilingan böliş ehtimolini istisno qilmayapti. Ular orasida uy manzillari, şaxsiy va iş telefonlari, tuğilgan sanalar, ijtimoiy suğurta raqamlari va qarindoşlarning aloqa maʼlumotlari bor. Xakerlar hatto FQB xodimlarining tibbiy maʼlumotlari - tekşiruvlar, tahlillar va kasbga yaroqlilik testlari, şuningdek, psixiatrik baholaş natijalarini ham qölga kiritgan. Maʼlumotlarda buyurilgan dori-darmonlar, elektrokardiogramma natijalari, allergiya va depressiya belgilari haqida maʼlumotlar mavjud.
ShinyHunters öğirlangan maʼlumotlarning bir qismini allaqaçon jurnalistlarga taqdim etgan. Reuters agentligi 5 ming yozuvdan iborat jadvalni örganib çiqdi. Unda Xitoy, Rossiya, Eron va «Hizbulloh» bilan şuğullanadigan, telekommunikatsiyalarda yaşirin texnik kuzatuv olib boradigan bölinmalar xodimlari körsatilgan. Jurnalistlar tanlanmadagi 20 kişi haqidagi maʼlumotlarni rost ekanini tasdiqladi.








