Afğonistonning şimolidagi Qunduz viloyatida maxsus kuçlarning operatsiyasi davomida kamida 31 jangari, şu jumladan xorijliklar yöq qilindi, 17 nafar jangari yaralandi. Bu haqda harbiy manbalarga iqtibos keltirgan holda Khaama Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

209-armiya korpusi “Şaxin” vakilining aytişiça, operatsiya 8 dekabr keçki payt Imom Sohib tumani atrofida ötkazilgan. Axborot agentligining ta'kidlaşiça, yöq qilingan jangarilar orasida 4 nafar dala qömondoni va 2 nafar tojikistonlik bölgan.

Tinç aholi orasida jabrlanganlar bölgani haqida ma'lumot berilmagan.