2008 yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuz bergandan keyingi 10 yil içida dunyodagi jami boylik miqdori 30 foizga – 280 trln dollargaça oşdi. Bu haqda Credit Suisse Research Institute tomondan çiqarilgan 2017 Global Wealth Report tadqiqotida ma'lum qilindi.
Oxirgi 12 oy içida umumiy boylik 6,4 foizga köpaygan. Bu 2012 yildan beri kuzatilgan eng tez ösiş sur'atidir. Global boylik aholi sonidan tezroq oşgani sabab, sayyoramizning har bir katta yoşli vakiliga töğri keladigan örtaça boylik rekord qiymat – 56540 dollarga yetdi.
Bu borada Şimoliy Amerika va xususan AQŞ yetakçilik qilmoqda. Bu mintaqa hisobiga 101 trln dollar töğri kelmoqda. Keyingi örinda Yevropa (79,6 trln dollar), Osiyo-Tinç okeani (55 trln dollar), Xitoy (23,3 trln dollar), Lotin Amerikasi (7,5 trln dollar), Hindiston (3,1 trln dollar) va Afrika (2,5 trln dollar) kelmoqda.








