Google kompaniyasi o‘zining xabarida 2017 yildagi eng mashhur filmlar va seriallar nomini ma'lum qildi.
Filmlar reytingida birinchi o‘rinni «U» xorrori egallab turibdi, ikkinchi pog‘onada - «Mo‘'jiza-ayol» fantastik kartinasi.
Keyingi o‘rinlardan Disney studiyasining «Sohibjamol va maxluq», Rosomaxa haqidagi «Logan» filmi va DC Comics superqahramonlari haqidagi «Adolat ligasi» kartinalari joy egalladi.
Teleshoular reytingida birinchi o‘rinni «Juda g‘alati ishlar» qo‘lga kiritdi.
Kuchli beshlikdan «Nima ekaniga 13 sabab» seriali, «Katta aka» realiti-shousining brazilcha versiyasi, «Taxtlar o‘yini» hamda «Temir musht» seriallari joy oldi.