Qirğiziston parlamentida 12 dekabr kuni Qirğiziston hamda Özbekiston örtasidagi Jalolobod viloyatining Ola-Böka tumanida joylaşgan Kosonsoy suv omboridan (Örtatöqay) davlatlararo foydalaniş töğrisidagi bitim ratifikatsiyasi muhokama qilindi. Hujjat birinçi öqişda ma'qullandi.

24.kg xabariga köra, Qirğiziston Qişloq xöjaligi vaziri Nurbek Muraşev Özbekiston tomoni suv omboridagi suvning 92 foizini olişi mumkinligini aytgan. Kelişuvga köra, suv omborini boşqariş töliğiça Qirğiziston suv xöjaligi Departamenti ixtiyoriga ötadi.

Amaldorning qöşimça qilişiça, obektlarni ta'mirlaş işlari uçun xarajatlar Qirğiziston tomonidan qoplanadi.

«Suvdan foydalaniş böyiça har ikki tomon iştirokida komissiya taşkil etiladi. Suv omboridagi yillik xarajatlar miqdori 16-20 million somni taşkil qiladi. Özbekiston tomoni uşbu mablağni Qirğiziston suv xöjaligi Departamenti hisobiga ötkazib beradi», degan Muraşev.

«Respublika — Ata Jurt» fraksiyasi deputati Kenjyebek Bokoyev esa bu yetarli emasligini aytgan. Uning fikriça, özbekistonlik fermerlar suv omboridagi suvdan foydalangani uçun alohida pul tölaşi kerak. Vazir uşbu masala yana körib çiqilişini va'da qilgan.