AQŞ Eronga qarşi kuraşiş uçun xalqaro koalitsiya tuzmoqçi. Bu haqda AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ma'lum qildi.
“Biz Eron va uning hukumati qilayotgan işlarga qarşi kuraşiş uçun koalitsiya tuzamiz”, deb aytgan Xeyli Vaşingtondagi matbuot anjumanda.
Şu bilan birga, Xeyli Tehron BMT Xavfsizlik kengaşining Eronga raketalar işlab çiqariş, terrorçilikni qöllab-quvvatlaş va mintaqada “tajovuzkor xatti-harakatlarni amalga oşirişni” taqiqlovçi rezolyutsiyalarni buzişda yana bir bor aybladi.
“Biz xalqaro hamjamiyat bu qoidabuzarliklar haqida bilişiga işonç hosil qiliş uçun diplomatik iş olib boramiz. Söngra bu qoidabuzarliklar bilan nimadir qiliş uçun olğa boramiz”, deb aytgan Xeyli.








