Musobaqaning uçinçi örin uçun ötkazilgan bahsida Meksikaning «Paçuka» klubi BAA vakili «Al-Jazira» bilan bellaşdi va 4:1 hisobida ğalaba qozonib, bronza medallar sohibi böldi.

Hamyurtimiz Sardor Raşidov bu safar ham «Al-Jazira» zaxirasida qoldirildi. Umuman olganda, u musobaqada biror marta maydonga tuşirilmadi.

Eslatib ötamiz, finalda Gremio (Braziliya) va Real Madrid (Ispaniya) bellaşadi. Öyin bugun soat 22:00da boşlanadi.

KJÇ-2017. 3-örin uçun bahs
Al-Jazira (BAA) – Paçuka (Meksika) - 1:4
16 dekabr, «Şayx Zayd Sports Siti» 
Gollar:  0:1 – 37 Urretaviskayya, 1:1 – 57 Muborak, 1:2 – 60 Xara, 1:3 – 79 de la Rosa, 1:4 – 84, penalti Sagal. 
Al-Jazira – Saif, Faris Juma, Umar (Ali, 46), Fayz, Xalfan, Muborak (Al-Ğilaniy, 78), Raşid, Bussufa, Yusuf (Ramazon, 67), Mabxut, Romarino.
Paçuka – Blanko, Lopes, Agirre, Murilo, Garsiya, Urretaviskayya, Ernandes (Lopes, 85), Sagal, Gonsales, Xara (de la Rosa, 78), Sançes.
Ogohlantirişlar: Bussufa (30), Xara (50), Faris Juma (50), Ramazon (71).