Irlandiyalik aralaş uslublar (MMA) jangçisi Konor Makgregor özining kelgusi professional rejalari haqida hikoya qildi. Bu haqda TMZ xabar qilmoqda.

«Köramiz, nima bölarkin? Men kelgusi jangim haqiqiy jang bölişini xohlayman. Haqiqiy urişiş. Bizda rosmana janglar qayerda bölardi?! Ha, mening navbatdagi jangim aralaş yakkakuraşlar qoidalari böyiça bölib ötadi», — degan sportçi. 

U World Wrestling Entertainment (WWE) anjumanida qatnaşişiga doir savolga salbiy ohangda javob qaytardi. «WWE kuraş tomoşasida iştirok etiş? Quysangiz-çi, WWE istagan joyiga boraversin», — deya qayd etgan irlandiyalik sportçi.
Eslatib ötamiz, 2017 yil avgustida Makgregor Floyd Meyuezerga boks qoidasi böyiça jangda mağlub bölgandi. Amerikalik 10-raundda texnik nokaut bilan raqibini mağlub etdi.