2019 yilda Samarqand şahridagi Siyob bozori örniga barça qulayliklarga ega uç qavatli gipermarket barpo etiladi. Bu haqda viloyatda rus tilida naşr etiluvçi «Samarkandskiy vestnik» gazetasi yozib çiqqan.
Tuzilgan hududiy dasturga köra, joriy yilning iyul oyidan boşlab quruvçilar Temiryöl dehqon bozori, şuningdek Jomboy, Urgut, Kattaqörğon va Bulunğur tumanlaridagi markaziy bozorlarni rekonstruksiya qilişga kirişişgan. Bu yerda tört xil turdagi zamonaviy gipermarketlar, supermarketlar va minimarketlar barpo etilmoqda. Bozorlarga yondoş hududlarda savdo pavilonlari qad kötaradi, deb yozadi naşr.
— Bozorlarda tipli loyihalar böyiça ikki qavatli supermarketlar quriş işlari jadal bormoqda, — deydi viloyat savdo majmualari va bozorlar ittifoqi boşqaruvçi raisi örinbosari Zafar Abdurahmonov. — 2020 yilning 1 yanvariga qadar Past Darğom, Oqdaryo, Narpay, Payariq, Nurobod, Tayloq, Iştixon, Qöşrabot tumanlaridagi, şuningdek, Samarqand şahridagi Marmar va Damariq bozorlarida şu kabi rekonstruksiyalar amalga oşiriladi.
Yangi savdo majmualarini bunyod etiş, dehqon bozorlari hududlarini obodonlaştiriş, bozorlar yaqinida yangi avtoturargohlar taşkil qiliş Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining viloyat bölimi mablağlari hisobiga amalga oşirilmoqda.
— Dehqon bozorlarini rekonstruksiya qiliş loyihalarini amalga oşiriş uçun 36 milliard 23 million söm kredit mablağlari ajratilgan, — deydi TIF MB viloyat bölimi kredit bölimi boş mutaxassisi Öktam Quvondiqov. — Bugungi kungaça bankimizning hududiy bölimlari tomonidan 7,9 milliard sömdan ortiq mablağ ajratib bölindi.
Naşrning ma'lumotiga köra, uşbu işlar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi «2017–2019 yillarda dehqon bozorlarini rekonstruksiya qiliş va ularning hududlarida zamonaviy savdo majmualarini quriş Dasturini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori doirasida amalga oşirilmoqda.
Qayd etiş joizki, Siyob bozori nafaqat Samarqand şahri, şuningdek Özbekiston va markaziy Osiyoning eng qadimiy va yirik bozori hisoblanadi. Bozorning hududi 7 gektarni taşkil etadi. Siyob bozori turistlar eng köp taşrif buyuradigan joylardan biri hisoblanadi. Bozorning nomi şaharning tarixiy-geografik tumanlaridan biri — Siyob, şuningdek bozor yaqinidan oqib ötuvçi Siyob daryosi nomiga qöyilgan. «Siyob» sözi fors-tojikçadan tarjima qilinsa «siyoh ob» — «qora suv/daryo» ma'nosini beradi.
Şahar ma'murlari garçi










