Daholik faqat ötkir aql salohiyati bilan emas, balki ijodkorlik — har qanday vazifani hal qilişda tassavvurni işga soliş  xususiyati bilan ham belgilanadi. Time buyuk daholarni nimalar birlaştirişiga doir maqolasi bilan bölişdi.

Nostandart fikrlaş

Benjamin Franklinni olaylik. U maktab ta'limini olmay, mustaqil ravişda öqib-örganib, uluğ ixtiroçi, diplomat, olim, yozuvçi va siyosiy arbob bölişga muvaffaq böldi. Franklin çaqmoq elektrik tabiatga ega ekani va uni tiyiş usulini kaşf qildi. U okean oqimlari haroratini ölçadi va Golfstrim xaritasini birinçi bölib aniq tuzgan inson böldi.

Albert Eynşteynning taqdiri ham şunga öxşaş. U bolaligida keç gapira boşlagan. Eynşteyn öşa davrning ta'lim tizimiga nisbatan salbiy munosabatda bölgani bois yomon öqigan.

U hamma narsaga şubha bilan qarardi va olayotgan barça bilimlari ustida qayta boş qotirardi, bu esa öşa davr klassik ta'lim oluvçilarining xayoliga ham kelmagan.

Nutq könikmalarining sekin rivojlanişi esa unga kundalik hodisalarni diqqat bilan kuzatiş imkoniyatini berdi.

Yoki Stiv Jobsni eslang. U ham Eynşteyn kabi gözallikning muhim ahamiyatga ega ekaniga işonardi. U san'at turlari,  aniq va gumanitar ilmlar bir-biri bilan boğliq bölişi kerak, deb hisoblagan. Ma'lumki, Jobs öqişni taşlab, kalligrafiya va raqsga qatnay boşlagan, keyinroq esa ma'naviy ozuqa izlab Hindistonga yöl olgan.

Qiziquvçanlik

Foto: simonandschuster.com

Leonardo da Vinçini eng yetuk daho deb ataş mumkin bölsa kerak. U ham musavvir, ham olim kabi fikrlagan va şu tufayli nazariy tuşunçalarni tasavvur qilişi mumkin edi. Da Vinçining sözlariga köra, u tajriba va malaka tarafdori bölgan. Uning eng ilhombaxş xususiyati qiziquvçanlik bölgan.

Undan keyin qolgan kundalikning minglab varaqlari uni qiziqtirgan savollarga töla. Masalan, u odamlar nima uçun  esnaşi, qanday qilib aylana maydoniga teng kvadratni quriş, aorta klapanining yopilişiga nima majbur qilişi, inson közlari yoruğlikni qanday qabul qilişi va bu qanday qilib tasviriy san'atda kerak bölişi mumkinligini bilişga qiziqqan. U sigir plasentasi, timsoh jaği, inson yuzidagi muşaklar va oy yoruğligini örganişga qaror qilgan.