Toyota öz e'tiborini gibrid va vodorodda işlovçi avtomobillar işlab çiqarişga qaratiş uçun 3 yil avval akkumulyatorda işlovçi avtomobillarni işlab çiqarişdan voz keçgandi. Endi esa yapon kompaniyasi öz rejalarini özgartirib, 2025 yilgaça Toyota va Lexus brendlari ostida çiqariluvçi barça modellarini elektrlaştirmoqçi.
Kompaniya 2020 yilga qadar 10 ta elektrokar işlab çiqaradi, qolgan modellarni esa 2025 yilgaça çiqaradi. Birinçi elektrokarlar Xitoy bozoriga möljallanadi. Kompaniya rejasida Yaponiya, Hindiston, Yevropa va AQŞda ham avtomobillar sotiş bor. 2030 yilga kelib Toyota yiliga 5,5 mln ta elektromobil sotişni rejalaştirgan.
USA Today naşrining fikriça, yapon kompaniyasining bu bayonoti u Tesla’ning eng katta “boş oğriği”ga aylanişi mumkinligini taxmin qilişga ijozat beradi.
Toyota öz rejasini amalga oşiriş uçun Panasonic bilan batareyalar işlab çiqariş uçun birlaşadi. Uşbu yönalişga ajratiladigan investitsiyalar 13,3 mlrd dollarni taşkil qiladi.
Kompaniya töliq elektrlaştirilgan avtomobillar deganda elektr avtomobillar, ulanuvçi gibridlar, yonilği elementlari va ularning istalgan kombinatsiyasini tuşunadi. Vaholanki, kompaniyaning işlanmalar bölimi boşliği Mitsuxisa Kato 2015 yilda “elektromobillar yuriş zaxirasi juda kiçikligini, batareyalar quvvatlanişi vaqti juda kattaligini” va “texnologiyalarning joriy rivojlanişi darajasida kimdir yangi turdagi batareyalar işlab çiqarişi va bunga Nobel mukofotini olişi kerakligini” aytgandi.
Biroq bu gaplar öşanda aytilgan, hozir esa Toyota Ilon Maskning Tesla’si bilan raqobatlaşmoqçi. Biroq Toyota rahbari Takesi Utiyamada Tesla’ni töğridan-töğri raqobatçi deb hisoblamaydi va undan örnak olmaydi.













