Prezident Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 23 dekabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetiga taşrif buyurdi.

Özbek tilining xalqaro nufuzini oşiriş, özbek adabiyoti namunalarini çet tillarga tarjima qiliş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

“Ona tilimizning boyligini, unga hurmatingiz va muhabbatingizni tilimizni dunyoga tarannum etiş bilan körsatişingiz kerak”, – dedi Şavkat Mirziyoyev universitet mutaxassislari bilan suhbatda.

Mazkur oliy ta'lim muassasasining özbek-ingliz tarjima fakulteti, tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, tarjimaşunos Gulnoza Odilova özining özbek adabiyoti namunalarini çet tillarga tarjima va tarğib qiliş mexanizmi loyihasini Prezidentga namoyiş etdi. Şavkat Mirziyoyev mazkur rejani zudlik bilan amalga oşiriş çoralarini köriş lozimligini qayd etdi.

Özbekiston matbuot va axborot agentligida Gulnoza Odilova bilan uçraşuv bölib ötdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğini amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşildi. Xalqaro tarjimonlar noşirlik uyi faoliyatini yölga qöyiş, tegişli hujjat loyihasini işlab çiqiş, uşbu loyiha faoliyatiga yurtimiz va çet ellardagi mohir tarjimon hamda muharrirlarni tanlov asosida keng jalb etiş, milliy adabiyotimizning eng sara namunalarini xorijiy tillarga ögirib, dunyo tafakkuri, madaniyati, ma'naviyati va ma'rifati yuksalişida Vatanimizning salmoqli hissasini qöşişga kelişib olindi.

Ayni paytda mazkur yönalişdagi işlar boşlab yuborilgan. Yaqin kunlarda Özbekiston matbuot va axborot agentligi qoşida Xalqaro tarjimonlar noşirlik uyi faoliyati yölga qöyiladi. Uning faoliyatidan nainki mamlakatimiz aholisi, balki dunyo xalqlari ham bahramand bölişiga işonamiz.