2018 yil 5 oktabr kuni Özbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan törtta yangi kitob taqdimoti va asarlar mualliflari bilan ijodiy uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur kitoblar “Taraqqiyot strategiyasi va zamonamiz qahramoni” ijtimoiy loyihasi doirasida Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan naşr etilgan.

Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston milliy kutubxonasida ötkazilgan taqdimot va ijodiy uçraşuvda yozuvçilar Qöçqor Norqobilning “Bu yerlarda hayot boşqaça”, Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan”, Luqmon Börixonning “Titrayotgan toğ”, Abduqayum Yöldoşevning “Osmon oğuşi” nomli asarlari keng jamoatçilikka namoyiş etildi.

“Taqdimotda sözga çiqqan ÖzMAA boş direktorining birinçi örinbosari S.Şukurov bugungi kunda yurtimizda aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida kitob, kitobxonlik hamda mutoalaa madaniyatini yanada yuksaltiriş borasida olib borilayotgan işlar, ularning samarasi haqida söz yuritdi”, deyiladi xabarda.

Xabarda aytilişiça, Abduqayum Yöldoşevning “Osmon oğuşi” asarida Jizzax daşti biyobonlarida orzularga berilgan, osmonlarga termulgan bolakayning yuksak qalbi qalamga olinadi. 

Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan” nomli kitobida kişilarning afsonaviy zot haqidagi tuşunçalaridan, Xizr kimligini öz holiça anglab yetgan bir inson taqdiridan hikoya qiladi.

Luqmon Börixonning “Titrayotgan toğ” asarida yigirma birinçi asrning birinçi ön yilligidagi mö'jizasi “Toşkent - Qumqörğon” temir yöl qurilişi qalamga olingan.  

Qöçqor Norqobilning “Bu yerlarda hayot boşqaça” kitobi harbiy vatanparvarlik mavzuida bölib, çegaralarimiz daxlsizligini ta'minlayotgan çegaraçilar hayotiga bağişlangan.