Özbekistonda kitob tarğiboti va kitobxonlik madaniyatini oşiriş borasidagi işlar izçil olib borilmoqda. 1 oktabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan Özbekiston matbuot va axborot agentligining “Öqituvçi” naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan ötkazilgan tadbirda ham şu haqda söz bordi.
Uşbu tadbirda köp yillar davomida naşriyotda samarali mehnat qilib, şogirdlarda noşirlik kasbiga sadoqat va muhabbat tuyğusini uyğotgan, yoşi uluğ ustoz va murabbiylar qatnaşişdi. Tadbirda naşriyot-matbaa ijodiy uyi direktori Sirojiddin Husnutdinov ustozlarni tabriklab bayram munosabati bilan ularga qimmatbaho esdalik sovğalarini topşirdi.
Tadbir davomida naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan şu yil naşrga tayyorlanib, çop etilgan “Yulduzli tunlar”, “Çoliquşi”, “Alkimyogar”, “Dunyodagi eng baxtli odam”, “Amerika fojiasi”, “Spitamen”, “Navoiy suhbatlari” kitoblarining taqdimoti bölib ötdi.





Bundan taşqari, ustozlar şu kunlarda naşrga tayyorlanayotgan “Mirzo Uluğbek – Koinotga talpingan hukmdor” kitob-albomi hamda 5 jilddan iborat “Tanazzul” tarixiy romanlarini naşrga tayyorlaş jarayoni bilan tanişib, ularni çop etiş yuzasidan öz taklif va tavsiyalarini berdilar.
Darhaqiqat, “Elga ziyo tarqatiş kasbimizning oliy maqsadidir. Noşirlik kasbi ham maşaqqatli, ham zavqli. Kasbimizni şijoatli yoşlar davom ettirayotganidan juda xursandmiz. Sönggi yillarda Özbekistonda kitob mutolaasiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilayotgani, şuningdek noşirlik va matbaa sohasida erişilgan yutuqlar bilan bir qatorda aholining kitobxonligini oşiriş borasida Davlatimiz rahbari hamda Hukumatimiz tomonidan belgilab berilayotgan vazifalar noşir va matbaaçilarning mas'uliyatini yanada oşirmoqda” – deydi uzoq yillar davomida naşriyot-matbaa ijodiy uyining boş muharriri lavozimida faoliyat yuritgan mehnat faxriysi Abdulla Xasanov.















