Özbekiston Respublikasi IIV Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi Matbuot xizmati ötgan hafta mobaynida sodir bölgan yonğinlar töğrisida ma'lumot berdi.

2017 yilning 18 dekabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Çimboy tumanida yaşovçi Ye.Q ning uyidagi isitiş peçi mörisining qizib ketişi natijasida yonğin kelib çiqib, uyning 150 kv.m. maydonda tomi, şift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yöq.

2017 yilning 20 dekabr kuni Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida yaşovçi X.Q ning uyida yonğin sodir bölib, uyning 30 kv.m. maydonda tomi, şift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yonğin öçiriş vaqtida uy egasining kuygan holdagi jasadi topilgan. Yonğin holati yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda. Yonğin sababi aniqlanmoqda.

2017 yilning 22 dekabr kuni Namangan viloyati Çortoq tumanida yaşovçi fuqaro A.N ning uyida yoş bolalarning şöxligi oqibatida yonğin sodir bölib, uyning 25 kv.m. maydonda tomi, şift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yonğin oqibatida uy egasining nabiralari 2013 y.t. M.A va 2014 y.t. K.A lar kuyiş tan jarohati olişib şifoxonaga joylaştirilganlar.

2017 yilning 22 dekabr kuni Toşkent şahar Bektemir tumanida joylaşgan «Alfa metall prom» MÇJga tegişli eşik işlab çiqariş sexida elektr simlarning qisqa tutaşuvi natijasida yonğin sodir bölib, sexning 100 kv. metr maydonda içki qismi va mahsulotlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yöq.    

2017 yilning 25 dekabr kuni Toşkent viloyati Zangiota tumanida yaşovçi fuqaro M.M ning uyida elektr simlarning qisqa tutaşuvi natijasida yonğin sodir bölib, uyning 290 kv.m. maydonda tomi, şift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yöq.